Kompaniyamiz haqida
Al-Style — Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli distribyutor.
Uy, ofis va sanoat uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif etamiz. Jahon brendlarining kompyuter butlovchi qismlari, tarmoq, xavfsizlik va montaj uskunalari — eng qulay narxlarda. Tezkor xizmat, individual yondashuv, reklama bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik dasturlari, seminarlar va treninglar — biz eng yuqori darajadagi xizmatni taqdim etamiz.
Al-Style — Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda texnologik taraqqiyotga turtki beruvchi ekotizim
Biz raqamlarda
27yil Kompaniya tashkil etilganidan buyon
3ta filial Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston
600+nafar hamfikr jamoadosh
20 000m² ombor maydoni
50 000+SKU

Biz uy, ofis va sanoat uchun keng turdagi mahsulotlarni, jahon brendlarining kompyuter butlovchi qismlari, tarmoq, xavfsizlik va montaj uskunalarini eng qulay narxlarda taklif etamiz. Tezkor xizmat, individual yondashuv, reklama bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, hamkorlik dasturlari, seminarlar va treninglar — biz eng yuqori darajadagi xizmatni taqdim etamiz.
Kompaniya 1999-yilda tashkil etilgan. 2022-yildan buyon Forbes Kazakhstan baholashiga ko‘ra 75 ta eng yirik xususiy kompaniya ro‘yxatidan o‘rin olib kelmoqda va biznes uchun ilg‘or texnologiyalarni qo‘llab, jadal rivojlanishda davom etmoqda. Kompaniyamiz ESG tamoyillariga qat’iy amal qilib, barqaror rivojlanish va biznesni mas’uliyat bilan yuritishga intiladi.
Tashabbuslarimiz doirasida xayriya aksiyalari va tadbirlarida faol ishtirok etamiz, bolalarga g‘amxo‘rlik qilishga alohida e’tibor qaratamiz. Chiqindilarni alohida saralash va utilizatsiya qilishga qaratilgan ekologik loyihada muntazam qatnashamiz. ESG transformatsiyasi jarayonida ochiqlikka intilib, faoliyatimiz to‘g‘risidagi hisobotlarni e’lon qilamiz. Maqsadimiz — jamiyat va atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatish hamda boshqalarni ham bizdan o‘rnak olishga ilhomlantirish.
Va bu shunchaki so‘zlar emas :-)
MissiyamizHar bir insonning hayotdan bahramand bo‘lishga vaqti yetishi uchun tanlov, daromad topish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratish. Shuningdek, Al-Style — bu katta va ahil oila
Qadriyatlarimiz
- Insonlar
- Innovatsiyalar
- Yetakchilik
- Ishonchlilik